Все фильмы
2012 Shu yetmay turuvdi Jamshid sportchi trener boʼlib, bolalarni musobaqaga tayyorlaydi. Uni toʼyi boʼlishi kerak va treneri Gʼayrat akadan ruxsat olish uchun, ataylab “uyim yonib ketdi” deb, ariza yozib ruxsat oladi. Chunki, toʼyi boʼlayotganini aytsa, Gʼayrat aka boshchiligidagi hamma tanishlarini qishloqqa olib borib, mehmon qilishiga toʼgʼri kelardi. U shunday qilmaslik uchun ham yolgʼon gapiradi. Аmmo, kutilmaganda boshligʼining treneri kelib qolib, ertaga musobaqa ekanligini aytib, Jamshidni qishloqqa oʼz uyiga ketishiga ruxsat bermaydi. Jamshid ikki oʼt oʼrtasida qoladi. Bu yoqda boshligʼi va musobaqa turibdi. Bu yoqda esa, sevgan qizi boʼlajak kelinchak Zarnigor intizor boʼlib, toʼyida kutyapti. Jamshid qanday yoʼl tutadi? U oʼz toʼyiga ulgurib yetib bora oladimi? Смотреть
2012 Смотреть
2012 Смотреть
2012 Tilla buva Tilla buva juda ham mehribon qariya boʼlib, yosh bolalarni doim mehmon qiladi. U yashaydigan mahallaning oʼz ixtirochisi ham boʼlib, Salim ixtirochi hammaga kerakli apparatlarni yasab beradi. Masalan, u pistachi Аshur amaki, doʼkonda sotuvchilik qiladigan Nosir nasyachi, sut-qatiqchi Guli opa, Fotima hasipchigacha turli kerakli ixtirolar qilib bergan. Kunlardan biri kuni Tilla buvaning rafiqasi Oliya opa qattiq betob boʼlib qoladi. Biroz oʼtgach, vafot etadi. Tilla buva yolgʼiz qiladi. Chunki, Moskvada yashaydigan nabirasi bilan birga ketishga rozi boʼlmaydi. Shunda Tilla buva, kim unga qarasa, unga oʼz uyini berishga qaror qiladi. Buni eshitib, mahalladagilar shoshib qolishadi. Tilla buvaning uyi kimga nasib qilar ekan? Смотреть