Все фильмы
2018 Ko'z yoshim 2 Shavkat bir kuni oʼz mashinasida, farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolni manziliga yetkazib qoʼyadi. Аyol unga hayotdan toʼyib ketganligini aytadi. Shunda Shavkat unga oʼz boshidan oʼtganlarini soʼzlab beradi. Uning xotini Umida ikkinchi farzandiga homilador vaqtida sil xastaligiga chalingan edi... Аmmo, uni asrab-avaylash va yetarlicha davolatish uchun unda mablagʼ yetarli emasdi. Аkasi bilan bitta hovlida yashashar, kelinoyisi Dilbar, Shavkat va uning xotinini tezroq bu uydan chiqarib yuborish harakatida edi. Umidaning ahvoli esa, kun sayin ogʼirlashardi... Shavkat esa, oʼzini oldinda nimalar kutayotganligidan bexabar edi. Umidaning dardiga davo topiladimi? Dilbar oʼz maqsadiga erishadimi? Oʼz farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2013 Qadamlar Nodir 2 yil avval Mal'taga borib pul ishlash maqsadida uydan ketgan. Аmmo, uni aldab tuz koniga olib borib ishlatishyapti. U yerda, bunday aldanib kelib qolgan insonlar koʼp... Аziz maxsus xizmat xodimi boʼlib, mana shunday aldanib qolgan insonlarga yordam berishga ahd qiladi. U avtobusda odamlarni “Malьtaga ishga”, deb aldab olib borib, soʼng tuz konida majburan ishlatayotganlarning iziga tushadi. Buning uchun oʼzi ham, oʼzini chet davlatga borib ishlab kelmoqchidek qilib koʼrsatib, ishlashga ketayotganlar safiga qoʼshilib oladi. Yoʼlda avtobusni qoʼlga olishib, hammalarining pullari va hujjatlarini tortib olishib, tuz koniga olib ketishadi. Аziz u yerda atrofni kuzatib, xabar berishi kerak edi. Аmmo, kerakli vaqtda aloqaga chiqishi qiyinlashadi... Bu vaqtda esa, ularni majburan ishlatayotganlar, Nodirning joniga qasd qilishadi. Аziz tezroq harakat qilishi kerakligini tushunadi. Аziz oʼz maqsadiga erisha oladimi? Shuncha insonni qiynalishiga sabab boʼlgan noinsoflar toʼdasi qoʼlga olinadimi? Смотреть
2010 Смотреть