Sarvarbekka boshligʼi qoʼngʼiroq qilib, “Qushqoʼndi” qishlogʼida Yangi yil tadbirini, markazdan kam boʼlmaydigan tarzda oʼtkazishni topshiradi. Qishloqdagi Madaniyat uyi rahbari Gʼanijon aka shu qishloqda Yangi yil oʼtkazilishiga masʼul edi. Lekin, u yerga Sarvarbekdan avval, “soxta vakil” Sattorjon Safarov borib olib, Gʼanijon aka va uning jamoasini boplab, laqillatadi. Soʼng, Sarvarbek kelganda, ular nima qilishlarini bilmay qolishadi. Yangi yil tadbiri yaxshi oʼtarmikan?