Film qahramonlaridan biri Sherali hind kinolariga, ayniqsa Vir va Zara filьmiga juda katta qiziqish bildiradi. Bu filьm unga shunchalik taʼsir koʼrsatganki, hatto oʼz ismini Virali deb oʼzgartirib olgan. U Zaradagi sevgi va sadoqat hikoyasidan ilhomlanib yashaydi va oʼz hayotida shunday muhabbatni uchratishni orzu qiladi. Yana bir qahramonimiz – Sattor, hisob-kitobda undan oʼtadigan odam yoʼq. U hatto foydasiz ishda ham qandaydir daromad koʼrishni uddalaydi. Sattor uchun dunyoda har bir narsa, hatto eng oddiy narsalar ham, pulga yoki foydaga aylanadi. Botir esa sportni juda yaxshi koʼradi va jahlidan tushganda zarbasidan tez narsa yoʼq. Uning asabi buzilsa, hatto oʼzi ham qanday javob qilayotganini bilmay qoladi, yaʼni jahlini jilovlashda qiyinchilikka duch keladi. Shu sababli atrofidagilar undan har doim ehtiyot boʼlishadi. Olim esa ilm-fanga juda qiziqadi, lekin laboratoriyadagi tajribalari koʼpincha portlash bilan tugaydi. Аgar laboratoriyalarni portlatish boʼyicha xalqaro chempionat boʼlsa, albatta chempion boʼlardi. Yana bir qahramonimiz Jasur esa qaerda ishlamasin, doim kech qolishi bilan tanilgan. Shu odati tufayli har safar ishdan haydaladi, lekin baribir oʼz odatidan voz kecha olmaydi. Kunlarning birida qahramonimiz Sherali, yaʼni Virali, tasodifan oʼz “Zara”sini uchratadi va bu uchrashuv uning hayotini tubdan oʼzgartiradi. Endi u haqiqiy sevgi va sadoqat nima ekanini anglay boshlaydi va shu muhabbat uchun barcha qiyinchiliklarni yengishga tayyor.