Muhayyo, Surayyo, Raʼno va Muqaddas bir qishloqning eng mehnatkash, oldi tadbirkor va goʼzal qizlari edi. Shaharlik 4 ta yigit ularni sevib qolib, izlab yoʼlga tushishadi. Qiyinchiliklar bilan ular yashayotgan qishloqqa yetib kelgan yigitlarga ularni topish oson kechmaydi. Chunki, qishloqdoshlar bu yigitlarni sinash uchun, aldab, turli joylarga yoʼnaltira boshlaydilar. 4 goʼzal qizni deb kelgan bu 4 yigit oʼzlarining samimiy maqsadlariga, sevgan qizlariga erisha oladilarmi?