Opa-singillar Maftuna, Mahliyoning onasi, qizlarning otasi vafotidan soʼng, ularni oʼz onasiga tashlab, oʼzi turmushga chiqib ketgan edi. Opa-singillar buvisining qaramogʼida voyaga yetishadi. Buvining vafotidan soʼng, onasi turmush oʼrtogʼi bilan kelishgan holda, qizlarni uyga olib ketadi. Bu xonadonning katta oʼgʼli Sanjar Maftunani yoqtirib qoladi. Аmmo, Maftunaning mudhish siri bor edi. U zoʼravonlik qurboni boʼlgan edi. Sanjar Maftunani qattiq sevgani uchun bunga koʼz yumib, unga uylanmoqchi boʼladi. Аmmo, ota-ona bunga qattiq qarshilik qilishadi. Natijada otasi oʼz oʼgʼli Sanjarni uydan haydaydi. Sanjar endi qanday yoʼl tutadi? U Maftunaga uylanadimi? Bir marta dili kuygan shoʼrlik qiz, endi qanday qaror qabul qiladi? Opa –singillarni oldinda yana qanday sinovlar kutmoqda?