Filmda Ibratning murakkab yillarda yengilmas, matonatli, xalq manfati va maqsadi yoʻlida kurashlardan qaytmaydigan feʼl-atvor egasi ekanligini koʻrsatib berish bilan birga el tinchligi, toʻqligi va ertasi faqat maʼrifat bilangina qoʻlga kiritilishi mumkinligi ilgari surilgan. Ibrat domlaning dunyo kezishi, til oʻrganishi, neki yangilik va yaxshilik uchrasa ona yurtiga tadbiq etishga harakat qilishi, yurtning ma'rifat va ozodlikka erishish gʻoyasini targʻib etadigan, qayerda va qay holatda boʻlmasin maʼrifat uchun kurashishdan tolmaydigan, nufuzli amaldor, qozi ekaniga qaramay, oʻz doirasidagi odamlarga qarshi borib, doimo xalq tarfida turgan inson sifatida gavdalantirilgan. Is'hoqxon Ibrat istiqlol yoʻli qoʻzgʻolon va qon toʻkilishlardan oʻtishini hohlamaydi.