Donyor – soʼzga chechan, jozibali va ishonuvchan koʼringan yigit. U sodda va halol qizlarning qalbini zabt etib, ularni muhabbatga ishontiradi. Har safar ular bilan oila qurib, ishonchlarini qozonadi, ammo bu barchasi uning rejalashtirilgan nayranglarining bir qismi edi. Donyor oʼz manfaati yoʼlida turli yolgʼonlar va intrigalarni ishga soladi. Qizlar esa uning sevgisi haqiqiy deb oʼylab, hayotini u bilan bogʼlaydilar. Biroq, barcha yolgʼonlar bir kun kelib fosh boʼladi. Oxir-oqibat, uning qilmishlari javobsiz qolmaydi – oʼtmishdagi qurbonlari haqiqatni anglab, oʼz adolatini oʼrnatishga qaror qilishadi. Donyor oʼz nayranglari tufayli qattiq jazolanadi va halokatga yuz tutadi.