Аkmal va Shirina – muhabbat vafosini saqlashga vaʼda qilgan yoshlar. Biroq taqdir ularni ogʼir sinovlarga duchor qiladi. Аkmal nohaq qamoqqa olinadi, Shirina esa uni ishonch bilan kutardi. Nihoyat, u ozodlikka chiqqan kuni, mudhish yongʼin sodir boʼladi. Shirina hayoti xavf ostida qoladi, Аkmal esa uni qutqarish uchun yongʼinga shoʼngʼiydi va… bedarak yoʼqoladi. Shirina uni oʼldi deb oʼylaydi, hayotini qayta tiklashga harakat qiladi. Аmmo yillar oʼtib, Аkmal kutilmaganda qaytib keladi. Lekin u endi avvalgi Аkmal emas… Uning qaytish sababi nima? Shirina bugungi hayoti bilan oʼtmishi oʼrtasida qanday tanlov qiladi?