Las-Vegasdagi eng katta kazino egasi o‘zining boy mijozlari uchun alohida o‘yin tayyorlashga qaror qiladi. Ular uchun noqonuniy totalizator — «Kalamtarinlar poygasi»-ni tashkil qiladi. Poygada qatnashuvchilar esa omma ichidan tasodifan tanlab olingan oddiy odamlardir. Ular boyib ketish imkoniyatiga ega bo‘ladilar: Las-Vegasdan Silver-Siti degan kichik shaharchaga birinchi bo‘lib yetib kelgan ishtirokchi bank seyfida yashiringan 2 million dollarni qo‘lga kiritadi. Ishtirokchilarning birontasi ham ularning har bir qadami kazinoning egasi va uning mijozlari tomonidan kuzatilayotganini bilmaydi. Ular g‘olibga kim pul tikishini oldindan belgilab olishgan…